Eron Xalqaro Atom Energiyasi Agentligini "Busher" atom elektr stansiyasiga qilingan yangi hujum haqida xabardor qildi; qurbonlar yo‘q.
Bu haqda MAGATE ma’lum qildi.
"Eron MAGATEga "Busher" atom elektr stansiyasiga yana bir raketa urilgani haqida xabar berdi. Eron stansiyaga yoki uning xodimlariga hech qanday zarar yetmaganini xabar qilmoqda", deyiladi bayonotda.
Agentlik bosh direktori Rafael Grossi mojaro sharoitida yadroviy xavfsizlik xavflaridan qochish uchun maksimal darajada vazminlikka chaqirdi.