Donald Tramp Vengriyada 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan Viktor Orbanni ochiq tarzda qo‘llab-quvvatladi.
U o‘z murojaatida Orbanni «kuchli va ta’sirli lider» deb atab, uning «mamlakat manfaatlari uchun kurashayotgani, iqtisodiyotni himoya qilayotgani, yangi ish o‘rinlari yaratayotgani va noqonuniy migrasiyani to‘xtatayotgani»ni ta’kidladi.
Shuningdek, Tramp «Orbanning qayta saylanishini yana qo‘llab-quvvatlashidan fahrlanishini» bildirib, saylovchilarga: «Vengriya, saylovga chiqing va Viktor Orbanga ovoz bering», deya murojaat qildi. AQSh prezidenti Orban bilan «oxirigacha birga ekanini» aytdi va siyosatchini «ishonchli ittifoqchi va muvaffaqiyatli siyosatchi» deb atadi.
Viktor Orban Ukrainani mazkur saylovlar jarayonida muxolifat manfaatida aralashuvda ayblamoqda.