2025 yilning 3-choragiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 0,8 punktga kamaygan.
Bandlik vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, hisobot davrida mehnat resurslari 20,35 mln (1,9 foiz yoki 387,3 mingga ko‘paygan), iqtisodiy faol aholi soni 15,57 mln nafarni va band aholi soni 14,81 mln (4,1 foizyoki 579,6 mingga ko‘paygan) nafarni tashkil qilgan.
Shuningdek, bandlik sektori:
2025 yilda 4,45 mln aholi daromadli mehnat bilan ta’minlandi:
Qayd etilishicha, ishsizlik darajasi bandlik siyosati va yangi ish o‘rinlari tufayli kamaymoqda. Bu esa aholiga daromadli ishlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etgan xabar qilingan edi.