Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda ilk bor Prezident Olimpiadasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor Prezident Olimpiadasi o‘tkazildi

Davlat rahbari yosh chempionlarni tabriklab, ularning yutuqlarini Yangi O‘zbekiston salohiyatining yorqin isboti sifatida e’tirof etdi

Bugun mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi. Qutlovda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Prezident tabrigida qayd etilishicha, saralash bosqichlarida qatnashgan 100 mingdan ortiq yoshlar orasidan finalga qadar yetib kelgan qariyb 3 ming nafar iqtidorli sportchilarning bellashuvlarini butun xalq katta hayajon va qiziqish bilan kuzatgan. Yangi rekordlar va g‘alabalar yosh avlodning olimpiya darajasidagi salohiyati yuksalayotganidan dalolat beradi.

Tadbirda yosh chempionlarning iroda, matonat va mahorati alohida e’tirof etilib, kelgusida ular O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro arenalarda yanada baland ko‘tarishiga ishonch bildirildi. Bu yutuqlar yoshlar uchun yangi ilhom manbai, sportchilar uchun esa katta mas’uliyat ekani qayd etildi.

Shuningdek, saralash va final bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etgan hudud rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federasiyalari, o‘quv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik bildirildi. Prezident sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin g‘alabalar tiladi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!