Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda gaz va elektr energiya narxi oshadimi? Vazirlik bayonot berdi

O‘zbekistonda gaz va elektr energiya narxi oshadimi? Vazirlik bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasining to‘lov narxlari oshirilishi bo‘yicha xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

"Sizga shuni ma’lum qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko‘rib chiqiladi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:20 24.05.2022. O'qildi: 9540 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!