Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 4,4 trln so‘mlik asosiy farmasevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi:
- Toshkent shahri — 2,4 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 913,7 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 332,5 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati — 256,5 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati — 167,6 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 92,6 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 67,7 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 65,2 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati — 21,7 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 20,3 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 11,2 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 0,3 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 0,1 mlrd so‘m.