O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investisiyalar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqori ekani aytildi. Unga ko‘ra, bu sohada Xitoy yaqqol yetakchi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi 120,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar ulushi 71 foizga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
Xitoy – 33 foiz
Rossiya – 10 foiz
Turkiya – 5,2 foiz
Saudiya Arabistoni – 4,7 foiz
Niderlandiya – 3,7 foiz
Germaniya – 3,3 foiz.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy shuningdek, tashqi savdoda ham O‘zbekistonning eng yirik hamkori sanaladi.