Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 73-moddasi 4-qismida shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tash davrida unga tayinlangan jazoni o‘tash muddati qisqartirilishi mumkin.
Bunda mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qiganligi fakti tasdiqlanishi lozim.
Jazo muddati har bir o‘qilgan kitob uchun 3 kunga, biroq 1 yilda ko‘pi bilan 30 kungacha qisqartirilishi mumkin.
Kitob o‘qiganlik faktini aniqlash uning jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga bergan arizasiga asosan, muassasa xodimlari, jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya yig‘ilishi yiliga kamida 2 marta o‘tkaziladi.