Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda “Diniy jamoat” tuzib, sheriklari qo‘lga tushgach, xorijga qochib ketgan erkak qidirilmoqda.
Salimov Dilmurod Bahromovich 2007 yildan boshlab bir guruh shaxslar bilan O‘zbekiston Respublikasida qonunga xilof ravishda jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarni tuzib, ularning faoliyatida faol ishtirok etib kelgan.
2010 yilda jamoat a’zolaridan bir guruhi qo‘lga olinganidan so‘ng Salimov javobgarlikdan qo‘rqib, Rossiya davlatiga qochib ketgan. 2013 yilga kelib, Turkiya orqali Suriya-arab respublikasiga borib, Islom davlati Xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan.
Salimov Dilmurod Bahromovichga nisbatan O‘zbekiston respublikasi jinoyat kodeksining 244-2 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan, deyiladi xabarda.