Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin

Avto A A A
O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 krossoveri sotuvini qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Hozirda sinov jarayoni davom etmoqda. Natijadan kelib chiqib [sotishni davom ettirish yoki to‘xtatishga] qaror qilinadi», — dedi UzAuto Motors va agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, shartnomalar 1−1,5 oy ichida ochilishi mumkinligini ta’kidladi.

Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007 yilda kirgan. O‘sha yilning oktyabr oyida mamlakatda avtomobilni yig‘ish boshlandi. 2011 yil sentyabr va 2017 yil fevral oylarida model yangilandi. 2018 yil centyabr oyida GM modellar safini yangilash global strategiyasining bir qismi sifatida ishlab chiqarish to‘xtatilishi e’lon qilindi.

Kiritildi: 21:15 14.09.2023. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!