Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi

A A A
O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi

O‘zbekistonda 2023 yil noyabr oyidan buyon 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan bir yil mobaynida 47−8-modda (ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish / BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima) bilan bugunga qadar 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 13 nafariga ma’muriy jarima, 1 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

189−2-modda (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish / BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima) bilan 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning barchasiga ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 17:22 31.10.2024. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!