Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda ayrim saytlar faoliyatiga chek qo‘yiladi

O‘zbekistonda ayrim saytlar faoliyatiga chek qo‘yiladi

O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan foydalanuvchilarga o‘z joniga qasd qilishni o‘rgatuvchi internet saytlari faoliyatiga chek qo‘yiladi.

Xususan, joriy yil 1 noyabriga qadar Ichki ishlar vazirligi o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, hayotning qiyin vaziyatlaridan qanday qilib chiqib ketishga doir maslahatlar beradigan, ayni chog‘da ijtimoiy reabilitasiya va moslashuv muassasalari telefon raqamlari ko‘rsatilgan maxsus saytlar yaratiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z joniga qasd qilish soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Kiritildi: 10:55 06.07.2018. O'qildi: 2026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!