Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorini sarhisob qildi.
➡️Ketma-ket uchinchi oydirki, avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilmoqda. Faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.
1️⃣ Bu yerdagi bozor pasayish tendensiyasiga ega. Oy davomida sotuvlar 16,7%ga kamaygan holda 24 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi.
📉Shu bilan birga, oy davomida mamlkatimizda ishlab chiqarilgan 19,54 mingta yengil avtomobillari sotildi, bu o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan 17,2%ga kam.
2️⃣bozor. Ikkilamchi bozorda sotuvlar 10,6%ga kamaydi. Mart oyida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobillar sotilgan.
📊Yillik ko‘rsatkichlarda 16%ga sezilarli pasayish kuzatildi.
♻ Elektromobillar bozori mo‘’tadillasha boshladi. Shunday qilib, mart oyida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1%ga oshdi.
📈Biroq, yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar oshdi.