Putinning maslahatchisi yadro qurolini “Xudoning tuhfasi” deb atab, undan foydalanishga chaqirdi
Rossiya prezidenti ma’muriyati maslahatchisi Sergey Karaganov yadroviy qurolni “Yaratganning sovg‘asi” deb atadi va undan foydalanish joiz ekanini aytdi.
“Bizda yadro quroli borligi Yaratganning sovg‘asidir. U barchadan oldin yadro quroliga ega bo‘lishga intilgan nemislarni qandaydir tarzda to‘xtatdi. Keyin esa Oppengeymerlar va Fukslarning qo‘llari bilan uni bizga berdi. Shunday qilib, U insoniyatni qutqardi. Biz Xudoni g‘azablantirmasligimiz kerak. O‘zimizni qutqarish uchun bizga berilgan qurollardan faol foydalanishimiz kerak”, deydi siyosatchi.