G‘arbning 15 davlati Xitoydan barcha hibsga olingan uyg‘urlar va tibetliklarni ozod qilishni, hamda huquq faollariga yashash joylariga borishiga ruxsat berishni talab qilib, ommaviy bayonotni imzoladi.
Avstraliyaning BMTdagi elchisi Jeyms Larsen Xitoy vakilining tanqidiga ucgragan bayonot bilan chiqdi.
Bayonot Kanada, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Islandiya, Yaponiya, Litva, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Shvesiya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari tomonidan imzolandi.
Imzolovchilar Xitoy inson huquqlari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni hurmat qilishi va inson huquqlarini yaxshilash bo‘yicha jahon hamjamiyatining tavsiyalarini amalga oshirishi kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shma Shtatlar Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini «genosid» deb atadi.
Jahon Uyg‘urlar Kongressi vise-prezidenti Ilshat Hasan Kokburiy bayonot e’lon qilinganidan xursand ekanligini, biroq Xitoyda o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun aniqroq choralar ko‘rish vaqti kelganini aytdi.
«Genosid hozir ham to‘xtagani yo‘q. Bu shoshilinch masala. Dunyo Xitoy hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni to‘xtatish uchun yanada kuchliroq choralar ko‘rishi kerak», deya qo‘shimcha qildi u.