Turkmaniston hukumati Turkiyaga ketayotgan vatandoshlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin, deb yozadi Turkmennews o‘z manbalariga tayanib.
Xabarda qayd etilishicha, Turkiya «yumshoq migrasiya siyosati» orqali xorijdan ishchi kuchi oqimini oshirishga harakat qilmoqda, Ashxobod esa o‘z fuqarolarining Turkiyaga ketishining oldini olish va xorijda bo‘lganlarini qaytarish uchun harakat qilmoqda.
Shu maqsadda migrasiya xizmati xodimlari Turkmaniston vatandoshlarini reyslardan ommaviy ravishda chetlashtirib, chet el pasportlarining amal qilish muddatini qisqartirmoqda va ularni olish tartibini uzaytirmoqda. Qolaversa, xorijda tahsil olayotgan talabalarga pul o‘tkazish ham qiyinlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston vatandoshlari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma oluvchilar soni bo‘yicha TOP 10 talikka kiradi.