Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud ma’lum qilindi

“O‘zsuvta’minot” O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hududni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 59,4 foiz bilan Respublikada eng past ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Ammo hududda ichimlik suvi ta’minoti qamrovini kengaytirishga qaratilgan islohotlar bir daqiqaga ham to‘xtamagani qayd etilgan.

“O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Shoxruhali Sadillayev viloyatdagi sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Jumladan, viloyatning tog‘li-rekreasion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish hamda turizm ob’ektlaridagi ichimlik suvi va oqova tizimlarining loyihaoldi jarayonlari ko‘zdan kechirilgan. Shoxruhali Sadillayev tomonidan mas’ullarga xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan tegishli taklif va topshiriqlar bergan.

Kiritildi: 07:49 26.02.2024. O'qildi: 2217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!