Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda aholi soni oshdi 

O‘zbekistonda aholi soni oshdi 

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yil boshidan 131,6 ming kishiga ko‘payib, 1 aprel holatiga ko‘ra 34 million 36 ming 756 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston aholisining 50,3 foizi erkaklar, 47,7 foizi esa ayollardir.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 1 apreldan 27 aprelgacha 47 818 ta tug‘ilish, 10 983 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Kiritildi: 20:35 27.04.2020. O'qildi: 7884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!