Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda 86 turdagi tovarlar uchun eksport boji joriy etilmoqda

O‘zbekistonda 86 turdagi tovarlar uchun eksport boji joriy etilmoqda

2025 yil 1 iyuldan boshlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 14 mart kuni «Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmonida belgilandi.

Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisoblanadi.

Farmon bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:

  • Charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga (Amalda mazkur tovarlarni eksport qilish uchun uyushmalarning yig‘imlari belgilangan bo‘lib, endilikda ular bekor qilindi.);
  • Go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, don, guruch, mineral o‘g‘itlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilariga (Amalda ushbu tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qilish mumkin edi. Endi ushbu talablar bekor qilindi).

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qo‘llab quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral o‘g‘itlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi).

Mazkur farmon:

  • eksport tartib-taomillarini yanada takomillashtirish,
  • mahalliy xom ashyo asosida qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish,
  • qayta ishlash sanoatining investisiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kiritildi: 04:19 18.03.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!