Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putinning sulh sharti: Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘xtatilsin

Putinning sulh sharti: Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘xtatilsin

Bloomberg: Putin Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi — bu uning sulh kelishuvi doirasida qo‘ygan shartidir.

Agentlik manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, Putin bu talabni 13 mart kuni Moskvaga tashrif buyurgan AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan muzokaralar chog‘ida ilgari surgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Putin Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni sulh kelishuvini imzolash uchun asosiy shart sifatida ko‘rsatgan.

Bloomberg’ning Moskvadagi manbasi esa bu taqiq vaqtinchalik ekanini bildirgan.

Kremlning rejasiga ko‘ra, Ukraina keyinchalik o‘z harbiy salohiyatini cheklashga rozi bo‘ladigan tinchlik kelishuvi imzolangandan so‘ng qurol yetkazib berish qayta boshlanishi mumkin.

Kiritildi: 22:21 18.03.2025. O'qildi: 1147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!