Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun eko-yig‘im joriy etiladi

O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun eko-yig‘im joriy etiladi

O‘zbekistonda 6 turdagi tovar uchun ekologik yig‘im joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 14 avgust kuni prezidentga taqdim etgan rejasida ko‘rsatilgan.

«O‘zbekiston 24» telekanali lavhasiga ko‘ra, eko-yig‘im quyidagi tovarlarga joriy etilishi mumkin:

- batareyka va akkumulyatorlar;

- transport vositalari;

- moylash materiallari;

- qadoq mahsulotlari;

- shinalar va rezina kameralar;

- shisha mahsulotlari.

Ekologik yig‘im miqdori qancha bo‘lishi xabarda aytilmagan.

Taqdimotga ko‘ra, hozir chiqindilarning katta qismi poligonlarga yuboriladi, qayta ishlash darajasi past bo‘lib, shinalar bo‘yicha 17 foiz, shisha bo‘yicha 6,3 foiz, plastmassa bo‘yicha esa 11,2 foizni tashkil etadi.

Yillik hosil bo‘ladigan chiqindi hajmi plastmassa bo‘yicha 1,8 million tonna, elektron chiqindi — 144 ming tonna, shisha — 647 ming tonna, moy — 250 tonna va rezina bo‘yicha 217 ming donani tashkil qiladi. Shuningdek, 2035 yilga qadar elektr chiqindilar hajmi 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:25 15.08.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!