Tojikistonda ro‘y bergan 6 ballik zilzila kuchi poytaxt Toshkent va boshqa viloyatlar markazlarida sezildi.
FVV Seysmologik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:14da Tojikistonda ro‘y bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi.
Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 70,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 307 km janubiy-sharqda joylashgan.