Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 25 oktyabr kunidan karantin cheklovlari qaytariladimi?

O‘zbekistonda 25 oktyabr kunidan karantin cheklovlari qaytariladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 25 oktyabr kunidan transportlar harakatiga cheklov choralari kuchga kirishi haqida yolg‘on xabar tarqaldi. Bunday xabarlarga Kun.uz saytining 2020 yil 26 iyulda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asoslanib tarqatgan xabaridan olingan skrinshot ilova qilinmoqda.

O‘shanda maxsus komissiya karantin choralarini 15 avgustga qadar uzaytirgandi. Internetda tarqatilayotgan xabarlarda esa eski post sarlavhasiga fotoshop orqali yolg‘on ma’lumot qo‘shimcha qilinganini ko‘rish mumkin.

Sayt tahririyati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni so‘radi va karantin cheklovlari joriy etilishi bo‘yicha faqat maxsus komissiya qaror qabul qilishi mumkinligini eslatdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustdan keyin bosqichma-bosqich yumshatila boshlangandi. Xususan, avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temir yo‘l qatnoviga, xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatiga, 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berilgan. 17 avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklandi, masjidlar qayta ochildi. 20 avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushdi. 

Sentyabr oyi boshida esa asosiy cheklovlar bekor qilindi, xalqaro qatnovlar ham tiklana boshlandi, hozirda faqat ko‘chada tibbiy niqobda yurish majburiy hisoblanadi. Sentyabr oyi boshidan buyon maxsus komissiyaning karantinga oid yangi qarori qabul qilinmagan.

Kiritildi: 11:54 19.10.2020. O'qildi: 13431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!