Trampning tahdidlari va AQShning Xarg oroliga bergan zarbalaridan so‘ng, Eron Yaqin Sharqdagi neft-gaz va energetika infratuzilmasini butunlay yo‘q qilish hamda Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini yopish bilan tahdid qildi
"Shu paytdan boshlab yaxshi qo‘shnichilik va vazminlikka oid muayyan mulohazalar to‘xtatiladi. Biz Fors ko‘rfazidagi Qo‘shma Shtatlar va uning hamkorlariga tegishli infratuzilma ob’ektlariga qarshi shunday harakat qilamizki, ular mintaqadagi neft va gazdan uzoq yillar davomida mahrum bo‘ladilar", deya ma’lum qildi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi.
Eronning yuqori martabali mulozimi esa matbuotga bergan bayonotida, agar AQSh Eron elektr stansiyalariga hujum qilsa, butun mintaqa va Saudiya Arabistoni to‘liq zulmatga cho‘mishi, shuningdek, jahon dengiz savdosining eng muhim strategik qon tomirlaridan biri bo‘lgan Bob al-Mandeb bo‘g‘ozining yopilishi ham ehtimoldan xoli emasligini ta’kidladi.
Prezident Mas’ud Pizishkiyon 14 million eronlik armiyaga qo‘shilishga tayyorligini bildirganini e’lon qildi.
"Ayni paytda 14 milliondan ortiq jasur eronliklar yurtimizni himoya qilish uchun o‘z jonlarini fido qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Men ham Eron uchun jonimni fido qilishga tayyor bo‘lganman, tayyorman va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaman", — deb yozdi Pizishkiyon X ijtimoiy tarmog‘ida.