Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 2025 yili AI-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda 2025 yili AI-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi .

Unda ta’kidlanishicha, 2025 yil 1 maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;

teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;

samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;

qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;

xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

Shuningdek, 2025 yil yakuniga qadar “Evro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanishi mumkin.

Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Bundan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda avariyaviy yoqilg‘i sifatida foydalanish holatlari mustasnoligi aytilgan.

Kiritildi: 01:31 09.01.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!