Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda 2,7 ming kilometrdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi

A A A
O‘zbekistonda 2,7 ming kilometrdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari holatini yaxshilash choralari ko‘riladi. Bu haqda “O‘zbekiston–2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 2,7 ming kilometrdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash rejalashtirilgan. Hududlardagi 10 ming kilometrdan ortiq shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari ta’mirlanadi. Shuningdek, ta’mirtalab 110 ta ko‘prik inshootlari tiklanadi.

Bularning barchasi uchun xarajatlar Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, avtomobil yo‘llarida transport vositalari va piyodalar xavfsiz harakatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Ya’ni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida tajriba-sinov tariqasida piyodalar o‘tish yo‘laklariga zamonaviy yoritgichlar o‘rnatiladi. Aholi punktlarida piyodalar harakatlanishi uchun 150 kilometr piyodalar yo‘laklari barpo etiladi. 150 dan ortiq svetofor ob’ektlari qurilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinadi.

Avtomobil yo‘llarida 37 mingdan ortiq yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Kiritildi: 11:24 26.02.2024. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!