Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Vengriya AES bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Vengriya AES bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Vengriya AES qurilishi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish maqsadida bayonnoma imzoladi. Hujjat Vengriya delegasiyasining Toshkentga tashrifi chog‘ida qabul qilindi.

Bayonnoma “O‘zatom” agentligi, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi hamda MVM EGI Zrt. kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan. Unga ko‘ra, AES uchun qurilish uskunalarini yetkazib berish, qurilmalarni O‘zbekistonda yig‘ish, shuningdek, qurilma sovutish tizimlari borasida texnik hamkorlik ko‘zda tutilgan.

Vengriya tomoni malakali kadrlar tayyorlash uchun ta’lim va stajirovka dasturlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 15:18 15.07.2025. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!