Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Turkiya strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Turkiya strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan telefon orqali suhbat chog‘ida strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.

Bu haqda Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

"Suhbatimiz ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning turli sohalarini qamrab oldi. Biz bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, strategik sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildik”, deb yozgan u.

Uning ta’kidlashicha, ikki tomon tashqi ishlar vazirliklari erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yaqin hamkorlikni saqlab qolish niyatini tasdiqlagan.

Kiritildi: Bugun 06:00. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!