Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Serbiya rahbarlari dolzarb masalalarni muhokama qildilar

O‘zbekiston va Serbiya rahbarlari dolzarb masalalarni muhokama qildilar

Ko‘p qirrali O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmasevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperasiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Etakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Kiritildi: Bugun 20:39. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!