Bugun 1 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Shu jumladan:

– O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasining uchastkalari to‘g‘risida shartnoma;

– “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim;

– Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim;

– Oliy ta’lim sohasidagi kreditlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim;

– Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bayonnoma;

– Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;

– Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-rekreasiya xo‘jaligi ob’ektlari to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;

– 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;

– 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi qo‘shma harakatlar rejasi;

– Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyati Ton tumanida joylashgan “Bo‘ston” pansionati to‘g‘risida shartnoma;

– 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Kiritildi: 16:01 30.07.2026. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!