Tomonlar ChatGPT EDU platformasini mamlakat ta’lim tizimiga joriy etishga kelishib oldilar. Bu talabalar va o‘qituvchilarga til modellari bilan ishlash va o‘zlarining SI yordamchilari va o‘quv materiallarini yaratish imkonini beradi.
SI o‘qituvchilarga individual topshiriqlarni topshirishda, baholashni avtomatlashtirishda va qog‘ozbozlikni kamaytirishda yordam beradi.
Bundan tashqari, OpenAI mahalliy startaplar uchun imtiyozli kirish va API kreditlarini berishni ko‘rib chiqadi, deb e’lon qildi Fintexnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamenti mudiri o‘rinbosari Hikmatulla Ubaydullayev.