Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi rahbari shayx Hamud Muborak al-Hamud al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt aviasiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shayx Hamud Muborak al-Hamud joriy yilning 24 oktyabr kuni Malayziyada bo‘lib o‘tgan IKAO yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Fuqaro aviasiyasi delegasiyasi bilan bo‘lgan samarali uchrashuvi natijalarini e’tirof etdi. Uning aytishicha, Kuwait Airlines aviakompaniyasining samolyotlar parkini kengaytirish maqsadida 2025 yilda "Al-Kuvayt-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida, so‘nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan Kuvayt fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani ham Kuwait Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilari sonining ortishiga turki bo‘lishi qayd etildi.

Muzokaralar natijasida, Kuvayt Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi va O‘zbekistonning tegishli idoralari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!