Deputat Alisher Qodirov Rossiyada migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlari maktablarga qabul qilinmasligi haqidagi qarorga munosabat bildirdi.
"Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini o‘rgatish emas, bilmaganlarni Rossiyadan, bolalarini maktabdan haydash yo‘lini tanladilar.
Bu qonun postsovet mamlakatlarida rus tiliga bo‘lgan ehtiyojni ham, hurmatni ham keskin kamaytirishi mumkin.
O‘zbekiston davlat idoralarida ishlaydigan minglab, maktablarimizda o‘qiydigan yuz minglab davlat tilini umuman bilmaydigan vatandoshlarimiz va ularning bolalari bor.
Elektoratimiz savollariga javob berish uchun bu tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari diqqat bilan o‘rganib chiqiladi", deb yozdi u.