O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘z Telegram-kanalida yozishicha, Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan uchrashuv kun tartibidan qator masalalar o‘rin olgan.
Xususan, O‘zbekiston-Kipr munosabatlaridagi mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.