Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston o‘zining sayyohlik salohiyatini Ulan-Bator ko‘chalarida namoyish qilmoqda

O‘zbekiston o‘zining sayyohlik salohiyatini Ulan-Bator ko‘chalarida namoyish qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi mamlakatning sayyohlik imijini targ‘ib qilishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda.

Ulan-Batorning markaziy hududlarida joylashgan eng yirik LED-ekranlarda O‘zbekistonning boy tarixiy, madaniy va tabiiy merosi haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyishi boshlandi. Kadrlarda qadimiy shaharlar, go‘zal manzaralar, Ipak yo‘li bo‘yicha noyob yo‘nalishlar va zamonaviy sayyohlik ob’ektlari aks etgan.

Ushbu aksiyaning maqsadi — keng mo‘g‘ul jamoatchiligini O‘zbekistondagi sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirish, sayohatlarga qiziqishni oshirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlashdir.

LED-ekranlardagi targ‘ibot O‘zbekistonning tashqi sayyohlik bozorida o‘z mavqeini kengaytirishga qaratilgan umumiy strategiyasining bir qismi bo‘lib, zamonaviy mediaformatlardan foydalanish va ustuvor davlatlar bilan maqsadli ish olib borishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 20:45 24.06.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!