X ijtimoiy tarmog‘idagi Stats Rockets sahifasi U-17 Jahon chempionatida 1-tur o‘yinlaridan so‘ng guruhlardagi terma jamoalarning imkoniyatlarini taxmin qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston J guruhini peshqadam sifatida yakunlash imkoniyati 50,47 foizga baholandi. Ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqish 35,70 foizga baholandi. 3 va 4-o‘rinlarni egallash imkoniyati mos ravishda 10,57 va 3,26 foiz.