Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston U-17 hujumchisi: «Xudo xohlasa, Kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz»

O‘zbekiston U-17 hujumchisi: «Xudo xohlasa, Kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz»

U-17 jahon chempionatining ilk turida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Paragvay ustidan g‘alabaga erishdi. Ikkita gol urib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Azizbek Abdumo‘minov o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalambor, O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi o‘yin biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni maksimal bajarishga harakat qildik. O‘yin yaxshi bo‘ldi. Keyin bahslarda ham zo‘r o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, Kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!", — dedi Abdumo‘minov.

Kiritildi: 22:45 05.11.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!