Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Tramp vositachiligida erishilgan G‘azo kelishuvini olqishladi

O‘zbekiston Tramp vositachiligida erishilgan G‘azo kelishuvini olqishladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning bevosita ko‘magida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatladi.

TIV Misr, Qatar va Turkiyaning mazkur jarayondagi muvofiqlashtirilgan harakatlarini yuqori baholadi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, bu sa’y-harakatlar zo‘ravonlikni to‘xtatish, gumanitar inqirozni yengillashtirish va siyosiy muloqotni tiklashga zamin yaratadi.

O‘zbekiston xalqaro huquq va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalari asosida Yaqin Sharqda adolatli tinchlikni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

TIV ta’kidicha, o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli tinchlik va o‘zaro ishonch sari muhim qadam bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 18:50 09.10.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!