Rossiya Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, yaqin kunlarda quyidagi yangi SHHT markazlari ish boshlaydi:
▪️ Toshkentda — mintaqaviy aksilterror markazi asosida, tahdid va chaqiriqlarga qarshi kurashuvchi universal markaz
▪️ Dushanbeda — giyohvandlikka qarshi kurash markazi
▪️ Bishkekda — uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish tashkiloti
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur markazlar SHHTni ekstremizm, terrorizm va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishda yanada samarali qiladi.