O‘zbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.
Milliy jamoa bugun tunda Urugvayga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun Malayziyaga yo‘l oladi. Fabio Kannavaro mazkur bahsda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Kuvaytga qarshi yig‘inning birinchi qismida ishtirok etgan bir qator futbolchilarga dam berilib, yangi futbolchilar jalb etildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin 13 oktyabr Melaka shahridagi "Hang Jebat" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.