Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi: Bu a’lo yangilik!

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi: Bu a’lo yangilik!

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev internet-nashr «Evro-Futbol» nashriga bergan intervyusida kuzda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya futbolchilariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

- Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi ehtimoliy o‘yinga qanday qaraysiz?

- Rossiya terma jamoasi har doim biz uchun yaxshi raqib bo‘lib kelgan. O‘zbekiston uchun bu juda muhim sinov o‘yini bo‘ladi. Bu — a’lo yangilik.

Rossiya termasi sanksiyalar tufayli xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayotganiga qaramay, baribir yuqori darajadagi jamoa hisoblanadi, tarkibi juda kuchli.

Oxirgi yillarda ularga amaliyot yetishmayotgan bo‘lishi mumkin, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobdan chiqarib bo‘lmaydi — doim kuchli jamoa bo‘lib kelgan.

- O‘yinda O‘zbekiston favorit sifatida ko‘riladimi?

- Menimcha, yo‘q. Lekin so‘nggi o‘yinlardan buyon O‘zbekiston terma jamoasi ancha o‘sdi, jahon chempionati saralashida ham tajriba to‘pladi. Juda maroqli o‘yin bo‘lishi mumkin. Biz Rossiya terma jamoasi bilan munosib raqobat qila olamiz.

Rossiya ommaviy axborot vositalari ushbu uchrashuv 25 sentyabr kuni Nijniy Novgorod shahrida o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari bungacha bir marotaba o‘zaro kuch sinashgan bo‘lib, 2022 yil 20 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan bahs golsiz durang bilan yakunlangan.

Kiritildi: 15:34 19.08.2026. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!