Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina harbiylari Rossiyada Starlink ishlamasligidan shikoyat qildi

Ukraina harbiylari Rossiyada Starlink ishlamasligidan shikoyat qildi
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hududining ichkarisidagi nishonlarga uzoq masofali dronlarni yo‘naltirishda aloqa bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda "Le Monde" Ukraina Uchuvchisiz tizimlar kuchlarining 413-polki komandiri Yevgeniy Karasga tayanib xabar berdi. Karasning aytishicha, "Starlink" Rossiya hududida ishlamagani sababli operatorlar dron bilan aloqani parvozning butun yo‘li davomida saqlab tura olmaydi. Shu bois apparatni Rossiya ichkarisidagi nishongacha masofadan boshqarish imkoniyati yo‘q. "Starlink" tarmog‘idan Rossiya hududida zarbalar uchun foydalanish masalasi avval ham ko‘tarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina tomoni "SpaceX" rahbari Ilon Maskdan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishda "Starlink" tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni so‘ragan, biroq ijobiy qaror olinmagan. Mask buni mojaroni yanada kuchaytirish xavfi bilan izohlagani xabar qilingan.
Kiritildi: 15:56 19.08.2026. O'qildi: 1508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!