Estoniya 2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng qulay mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Singapur va Malayziya ham kuchli uchlikdan joy oldi, deb xabar beradi DW.
Rumavi Global Relocation Index 2026 reytingi hayot sifati, xavfsizlik, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, iqtisodiy imkoniyatlar va moliyaviy istiqbollar kabi 24 ta mezon asosida tuzilgan.
Birinchi o‘nlikka quyidagi mamlakatlar kirdi:
Estoniya;
Singapur;
Malayziya;
Portugaliya;
Tayvan;
Litva;
Gonkong;
Sent-Kits va Nevis;
Chexiya;
Malta.
Evropaning yirik mamlakatlari reytingda ancha past o‘rinlarni egalladi: Ispaniya 21-o‘rinda, Germaniya 50-o‘rinda, Buyuk Britaniya 49-o‘rinda va Fransiya 79-o‘rinda qayd etilgan. Biroq reyting ushbu mamlakatlarda yashayotgan migrantlarning haqiqiy sonini aks ettirmaydi.
BMTning 2024 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro migrantlar eng ko‘p AQShda — taxminan 52,4 million nafar. Keyingi o‘rinlarda Germaniya (16,8 million), Saudiya Arabistoni (13,7 million), Buyuk Britaniya (11,8 million), Fransiya (9,2 million), Ispaniya (8,9 million), Kanada (8,8 million) va BAA (8,2 million) turadi.
Rumavi — xorijga ko‘chish, investisiya kiritish va yashash masalalariga ixtisoslashgan kompaniya. Uning 2026 yilgi Global Relocation Index reytingi 192 ta mamlakatni qamrab oladi.
Kiritildi: 12:30 19.08.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.