Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin birinchi marta Ukraina tomonidan Wildberries omborlariga qilinayotgan hujumlar haqida gapirdi

Putin birinchi marta Ukraina tomonidan Wildberries omborlariga qilinayotgan hujumlar haqida gapirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hujumlari oqibatida zarar ko‘rgan logistika omborlari sig‘imlarini tiklash kerakligini aytdi. U bu haqda bugun, 19 avgust kuni Strategik rivojlanish va milliy loyihalar kengashi yig‘ilishida so‘z ochdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, zarar ko‘rgan ob’ektlarni tiklashda davlat ham ishtirok etishi lozim. U, shuningdek, Rossiya hukumatiga mamlakatdagi logistika quvvatlarini tiklash bo‘yicha dastur qabul qilishni topshirdi.

Vladimir Putin Ukrainaning hujumlari Rossiya sanoat va infratuzilma ob’ektlariga zarar yetkazayotgani, buning oqibatida mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatilayotganini bildirdi. Biroq u bunday hujumlar Rossiya uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmayotganini ta’kidladi.

Putin nutqida Wildberries kompaniyasini bevosita tilga olmadi. Biroq uning bayonoti iyul oyidan beri Wildberries'ning logistika markazlari Ukraina tomonidan hujumlarga uchrayotgani fonida yangradi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, iyul o‘rtalaridan beri kompaniyaning yigirmaga yaqin ombori hujumlardan zarar ko‘rgan.

Kiritildi: 20:43 19.08.2026. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!