Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga 3 nafar mutaxassis qo‘shildi

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga 3 nafar mutaxassis qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Toshkentda o‘tadigan FIFA Series musobaqasi oldidan jamoa shtabidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Italiyalik mutaxassis o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jamoaga uch nafar tajribali mutaxassis qo‘shilganini tasdiqladi.

Yangi shtab a’zolari:

Paolo Kannavaro — Fabioning ukasi, Dubaydagi yig‘indan buyon yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.

Simone Sijillo — jamoaning jismoniy holati va tiklanish jarayonlariga mas’ul fizioterapevt.

Enriko Kastellachchi — professor, 2006-yili Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali shifokor.

“Tabassum, mehnat va ishtiyoq. Biz FIFA Series musobaqasini va ilk Jahon chempionatimiz tobora yaqinlashib kelayotganini his qilgan holda, Toshkentda ish boshlaymiz”, deya yozib qoldirgan Kannavaro.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston, Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Fabio Kannavaro jamoasi ilk uchrashuvni 27 mart kuni Gabonga qarshi o‘tkazsa, 30 mart sanasida Venesuela bilan uchrashadi. Har ikki bellashuv ham Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 07:21. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!