Eron tomoni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi orqali Donald Trampga keskin murojaat qildi. Unga ko‘ra, Eronga qarshi har qanday tahdidlar ham urush harakati sifatida baholanishi mumkin.
Bu haqda korpusning aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy o‘z bayonotida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra:
“Tramp Eronga qarshi har qanday tahdid va ultimatum urush harakatining bir qismi ekanini tushunishi kerak.”
Musaviy, shuningdek, so‘nggi zarbalarni tilga olib, ular nafaqat harbiy strategiya doirasida, balki AQSh tahdidlariga javob sifatida berilgan aniq signal ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, zarbalar Dimona va Hayfa kabi strategik nuqtalarni nishonga olgan.
Mazkur bayonot mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashayotganini va AQSH–Eron munosabatlaridagi taranglik saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.