Bolgariya Rossiyaga qarshi joriy etilgan ayrim sanksiyalarni bekor qildi. Qaror atom energetikasi sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, u Kozloduy atom elektr stansiyasi uchun komponentlar yetkazib berishni qamrab oladi.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur qaror mamlakatdagi yagona atom elektr stansiyasining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Hukumat bu borada asosiy ustuvor vazifa sifatida texnik va yadroviy xavfsizlikni eng yuqori darajada saqlab qolishni ta’kidladi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Kozloduy AES Bolgariyadagi eng yirik elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi va mamlakat elektr ta’minotining uchdan bir qismidan ortig‘ini ta’minlaydi.
Ushbu qaror Yevropa Ittifoqi doirasidagi sanksiya siyosatiga ayrim hollarda istisnolar qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.