Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq:
Narzullayev Zufar G‘iyasovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi lavozimiga;
Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining transformasiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga;
Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Rizayev Elyor Abdumalikovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining temir yo‘l ob’ektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiklandilar.