Guanchjou shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Xitoyning «BGI Group» kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Xitoyning «BGI Group» kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti bilan birgalikda bo‘lajak hamkorligimizning ta’limdan tortib farmasevtikagacha bo‘lgan sohalardagi bir qator istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. - Kadrlar salohiyatini oshirish va texnologiyalar almashinuvi e’tiborimiz markazida bo‘ldi».