Payshanba, 30 sentyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 1-3 oktyabrda qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, xabar berdi O‘zgidromet.
1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin +3…+8, kunduz kunlari +12…+17, shimolda kechalari 0…+5 darajagacha pasayadi. Kunduz kunlari +10…+15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.